Afsonaga koʻra, bir cherkov pastori spirtli ichimliklarni qoralagan. Bayramlardan birida dehqonlar romni kofega qoʻshib, ustiga koʻpirtirilgan qaymoq qoʻyib ichishni boshlashgan. Firibni sezib qolgan pastor «Fi!» deb hayqirgan. Savol matnida biz bir nechta harfni tushirib qoldirdik, soʻzni asl holida tiklang.