Diqqat, lugʻatlar yordamida tuzilgan uchta soʻzlar roʻyxati. An’anaviy birinchi roʻyxatga: yirik idish; rahbariyatga hisobot; ivitish joyi; tasviriy san’at janri; ingliz shaxmatchisining familiyasi va hokazolar kiradi. An’anaviy ikkinchi roʻyxatga: Fransiya shahri; boshqa bir Fransiya shahrining tumani; Nobel mukofotidan voz kechgan yozuvchining familiyasi; Shekspir qahramonining ismi va hokazolar kiradi. An’anaviy toʻrtinchi roʻyxatga: yuz katakli shashka boʻyicha sobiq jahon chempionining familiyasi; Yevropadagi yirik port; alkogolli ichimlik; bilimdonlar dekabr oyi boshida eslagan musiqachining familiyasi va hokazolar kiradi. Bir vaqtning oʻzida ushbu roʻyxatlarning ikkitasiga kiradigan dasturlash tilini ayting.