Bryusselda paydo boʻlishi haqida bir qancha afsonalar mavjud boʻlgan mashhur haykal bor. Bu — siyayotgan bola. Tabiiyki, sayyohlar uchun doʻkonlarda u bilan bogʻliq buyumlar: likopchalar, krujkalar, nishonlar va turli osilchoqlar tez-tez uchraydi. Savol muallifi ham roʻzgʻorda kerakli va oʻziga xos tarzda ishlangan shunday buyumlardan birini sotib oldi. Afsuski, uni birinchi marta ishlatishga urinishdayoq buyumning eng muhim qismi buralib chiqib ketdi. Ushbu buyumni ayting.