Diqqat, qora quti! Qora quti ichida Ikkinchi jahon urushi paytida Britaniya harbiy-havo kuchlari uchuvchilari nemis bombardimonchilariga qarshi kurash samaradorligini oshirish uchun goʻyoki koʻp miqdorda iste'mol qila boshlagan narsa bor. Aslida, bu inglizlar dushman bombardimonchilarini hatto qorongʻuda ham aniqlay oladigan yangi bort radarining yaratilganini yashirish uchun tarqatgan dezinformatsiyasi edi. Dezinformatsiyaga ishonishdi va u afsonaga aylandi. Bugungi kungacha yetib kelgan bu afsona nima va qora qutida nima bor?