Afsonaga koʻra, qachonlardir bir vodiyda qoʻylar va da-ksion-mao birga oʻtlab yurishgan. Ularni boqib yurgan choʻpon qiz yirtqichlardan himoya qilaman deb halok boʻladi. Choʻpon qizning dafn marosimiga da-ksion-maolar motam belgisi sifatida panjalarini kulga botirib kelishadi. Ular koʻz yoshlarini artishadi, bir-birlarini yupatib quchoqlashadi, lekin yigʻi kuchayib boradi va oʻz yigʻilarini eshitmaslik uchun da-ksion-maolar quloqlarini berkitib olishadi... Afsonaga koʻra, shu tariqa kimlar paydo boʻlganini toping va biz ularni nima deb ataymiz?