[Boshlovchiga: "stol usti" soʻzidagi qoʻshtirnoqlarni oʻqimang.] Bir ensiklopediyaga koʻra, U — oliy primatlar tomonidan madaniy-iqtisodiy maqsadlarda foydalaniladigan moddiy dunyo obyekti. Bitta "stol usti" oʻyini uchun UNING nomi mashhur tarixiy shaxsning ismi bilan mos keladi. Ushbu tarixiy shaxs ismidan hosil boʻlgan toponimni ayting.