Oq uyda rasmiy tushlikka tayyorgarlik koʻrayotgan Xrushchyov protokol boʻyicha belgilangan "burjua kiyimi"ni kiyishdan qatʼiyan bosh tortdi: "U nima uchun kerak? Qanday vazifani bajaradi? Unda ishlab boʻlmaydi-ku". Shu yerda boʻlgan M. Sholoxov quyidagilarni aytib berdi: "Fuqarolar urushi paytida bir xonim erining kiyimlarini, jumladan SHUNI ham sotayotgan edi. SHUNI ikki qop kartoshkaga sotib olgan kazak shunday tushuntirdi: "Bizning dehqonchilik ishimizda dumli kiyim — zarur narsa. Unda yer haydash qulay. Oldidan xalaqit bermaydi, hatto shamol ham kirmaydi". Bu qanday "dumli kiyim"?