Bir qator tadqiqotchilarning fikricha, qadimgi yunonlar bu dengizga uning mahalliy nomi "Axshayeni" bilan ohangdoshligi sababli nom berishgan. Dengiz suvining xususiyatini aks ettiruvchi mahalliy nomning maʼnosini tushunmay, yunonlar uni oʻzlaricha talqin qilishgan. Qizigʻi shundaki, ushbu dengizning hozirgi nomi koʻp jihatdan "Axshayeni" soʻzining maʼnosini aks ettiradi. Xoʻsh, bu soʻz bilan qanday xususiyat belgilangan edi?