"Tan olaman, men qissa va roman deb ataladigan bu safsatani oʻqimayman, lekin qayerga bormay — hamma shu kitob haqida gapiradi... uyaltirishadi, oʻqishga koʻndirishadi... Iloj qancha, oʻqidim... Muallif barakalla; agar uni biror yerda uchratib qolsam, oʻpib qoʻyaman! Bu paxmoq janoblar va oʻqimishli fohishalarni boplab sharmanda qilibdi... Yoʻq, bu muallifga unvon berish kerak, uni ragʻbatlantirish kerak, bizda koʻpayib ketgan bu iflos gijjalar haqida yana bir kitob yozsin!". Rossiyalik generallardan biri qaysi asar haqida shunday degan?
I.S. Turgenevning "Otalar va bolalar" romani haqida.