Gumilyov, albatta, Afrikani tasvirlamoqda. U yerda mahalliy qirgʻiylar va boʻgʻma ilonlar uchraydi, lekin u yerda KAKTUSLAR YOʻQ! Ha, u yerda tashqi koʻrinishidan kaktusga juda oʻxshash har xil tikanli oʻsimliklar oʻsadi, lekin bular sutlamadoshlar (molochay), qurgʻoqchilikka chidamli butunlay boshqa oʻsimlik turidir. Kaktusning oʻzi Yangi Dunyo (Amerika) oʻsimligidir. Gumilyov Efiopiya landshaftini tasvirlashda xato qilgan deb hisoblaydiganlar uchun Georgiy Gladkovning xatidan parcha keltiraman: "Mening fikrimcha, bu Abissiniya/Efiopiya, "botiq tubi" esa — Qizil dengizdan uncha baland boʻlmagan Danakil tizmasi bilan ajratilgan chuqur Afar botigʻidir, unda dengiz sathidan 116 m pastda shoʻr Assale koʻli joylashgan. Mamlakat hududining uchdan bir qismini choʻl va yarim choʻllar egallagan, ammo Afar botigʻining toshloq choʻllari ayniqsa jonsizdir".