"Agar qayligʻing boshqasiga ketsa, kimning omadi kelgani hali nomaʼlum", — taxminan shunday soʻzlarni oʻz vaqtida matematik Mittag Leffler oʻz raqibiga tasalli sifatida aytishi mumkin edi, chunki u oʻsha qayliqni raqibidan tortib olgan edi. Biroq, agar u omadsiz raqibi kim boʻlishini va uning oʻz ismini eng iqtidorli matematiklar minnatdorchilik bilan emas, balki biroz boshqacha eslashlarini oldindan bilganida, uning quvonchi biroz xira tortgan boʻlardi. Xoʻsh, Mittag Leffler qayliqni kimdan tortib olgan edi?
Alfred Nobeldan. Ushbu voqea natijasida matematika Nobel mukofoti beriladigan fanlar roʻyxatidan tashqarida qolib ketgan.