Diqqat, savol matniga ataylab ortiqcha harf qoʻshilgan. Bir rivoyatga koʻra, Ulugʻ Vatan urushi paytida qutb ortidagi aerodromlardan birida lend-liz boʻyicha yetkazib berilgan mahsulotlar bilan ziyofat qilishga qaror qilishadi. Spirt topishadi, ichida nima borligi tushunarsiz boʻlgan konserva bankasini ochib, ichidagi choʻziluvchan narsalar bilan gazak qilishadi. Bizga hukm chiqarish emas-u, lekin konservalarning uvoli boʻlgan deb oʻylaymiz. Aslida ular nima uchun moʻljallangan edi?