Saksoninchi yillarning o‘rtalarida savol muallifi Moskvada bir xonali kvartirani ijaraga olishiga to‘g‘ri kelgan. Kvartira egasi, yaqindagina poytaxtga ko‘chib kelgan keksa o‘rta osiyolik ayol bo‘lib, u oshxonada uxlardi. Ta’mirlash ishlari oldingi egalari tomonidan qilingan bo‘lib, oshxona devorlarida Disney gnomlari (mittivoylari) katta qilib tasvirlangan edi. Ma’lum bo‘lishicha, ayolga alohida tasvirlangan gnomlardan biri juda yoqmas edi. Faqat bir kuni kun bo‘yi uyda qolgan savol muallifi, uy egasi nuqtayi nazaridan bu gnomning asosiy kamchiligi nima ekanligini tushunib yetdi. Ushbu kamchilikni ayting.