Ushbu savol qahramoni — Andrey ismli zamonaviy rus yozuvchisi. Uning familiyadoshlari orasida taniqli rus futbolchisi bor. Sovet hajviy yozuvchisi uchun esa uning familiyasi taxallus boʻlgan. Garri Garrison qahramonimizga dastxat berayotib, uning familiyasini eshitgach, ism va familiyani ingliz harflari bilan yozgan, bunda familiyani uch qismga boʻlib, oxiriga bitta unli qoʻshgan. Natijada sevgi izhori hosil boʻlgan. Qahramonimizning familiyasini ayting.