"Yo!" gazetasining "Anekdot-Assorti" ruknida jentlmen va donjuan oʻrtasidagi farqlar roʻyxati keltirilgan. Mana ulardan baʼzilari: "Jentlmen oʻzini qanday tutishni biladi, donjuan esa — qanday qilib oʻziga yetaklashni; jentlmen xonimni oʻz fazilatlari bilan jalb qiladi, donjuan esa oʻz nuqsonlari bilan". Agar xonim yiqilib tushsa, jentlmen unga turishga yordam beradi. Donjuan esa bu vaziyatda nima qiladi?