Parij nemislar tomonidan bosib olingan vaqtda, rangtasvir ishqibozi boʻlgan bir nemis ofitseri bir rassomning huzuriga kiradi. Suhbat davomida u stolda rassomning asarlaridan birining reproduksiyasini koʻrib qoladi va hayrat bilan: "Nahotki buni siz qilgan boʻlsangiz?!" deb xitob qiladi. Rassom esa bunga javoban: "Yoʻq, buni sizlar qildingiz!" deydi. Bu qaysi asar edi?