Mana o'rta asr musulmon jumbog'i: "Dumaloqligi bilan yerga o'xshash, lekin umurtqalari va ularning joyi ko'zdan yashirin narsa haqida nima deysan? Uning narxi ham, martabasi ham past, ko'kragi va tomog'i tor, u qochqin bo'lmasa-da kishanlangan, o'g'ri bo'lmasa-da mahkam bog'langan; unga jangda bo'lmasa-da nayza urishgan, to'qnashuvda bo'lmasa-da yaralashgan; u bir marta ovqatlanadi va ko'p suv ichadi; ba'zan uni aybsiz urishadi va maoshsiz xizmatga olishadi... u orom beradi va o'zi ham dam oladi, uni tishlashadi, lekin u baqirmaydi; u suhbatdoshdan ko'ra olijanobroq va do'zax qaynog'idan uzoqroq; u kechasi xotinini tark etadi va kunduzi uni quchoqlaydi, uning maskani esa — aslzodalar uylarining burchaklaridir". Bu nima?