Daniya va shved tillari bir-biriga juda yaqin. Shu bilan birga, daniya tilining avlodlari norveg va island tillari, shved tiliniki esa fin va portugal tillaridir. Eski fransuz tilidan nafaqat hozirgi fransuz tili, balki italyan, rus, irland, golland va venger tillari ham kelib chiqqan boʻlib, venger tilining avlodi oʻz navbatida chex tilidir. Polsha tili — nemis tilining avlodi. Savol matnidagi maʼlumotlar toʻgʻri boʻlishi uchun unga bir xil soʻzni bir necha bor qoʻshish kerak. Qaysi soʻzni?