AQSHdagi prezidentlik saylovlaridan bir necha kun oʻtgach, gazeta.ru saytida bir qayd paydo boʻldi, unda shunday deyilgan edi: "Nihoyat biz prezidentlik saylovlarida kim gʻalaba qozonganini bilamiz". Bunda Bush va Gorning familiyalari tilga olinmagan, umuman hech qanday familiya aytilmagan. "Gʻoliblar"ning faqat bitta anketaviy maʼlumoti koʻrsatilgan edi. Bu nima ekanligini toping va oʻgʻli aynan shu maʼlumotni xabar qilgan insonning ISMINI ayting.