Bugungi kunda ushbu qadimgi yunoncha soʻz bilan biz ham kasbni, ham qalb amrini, ham shunchaki majburiyatni ataymiz. Boz ustiga, odatda ushbu kasb vakillariga hurmatimizni bildiramiz, garchi “Taqdir hazili yoki qushdek yengil boʻling!” filmi qahramoni taʼkidlaganidek, bu hurmat har doim ham munosib moddiy mukofot bilan mustahkamlanmaydi. Plutarx esa bir safar quldorlar koʻpincha bu kasbni “hech qanday xizmatga yaramaydigan ichkichiboz, ochofat qullarga” ishonib topshirishlarini aytib oʻtgan. Tilga olingan qadimgi yunoncha soʻzni ayting.