Yuriy Koshel taʼkidlashicha, SSSRda Koʻngilli sport jamiyatlari odatda yo mehnat faoliyati turiga qarab — "Vodnik", "Metallist", "Kolos", — yoki oldinga, yuqoriga intilishni anglatuvchi jarangdor soʻz bilan — "Avangard", "Burevestnik", "Zenit", — yoki bugʻ va elektr asri taraqqiyotini ifodalovchi — "Dinamo", "Lokomotiv", "Rotor" deb nomlangan. Faqat ikkita jamiyat insonlar nomi bilan atalgan — bular Ufaning Nikolay Gastello nomidagi SK va... Ikkinchi jamiyatni ayting.