Bir turkum rasmlar mashhur hikoya asosida chizilgan, ammo hikoya oxiri oʻzgartirilgan. Oxirgisidan tashqari barcha rasmlarda bosh qahramonning ortidan boshqa personajlar gʻamgin qarab qolishadi. Oxirgi rasmda esa bosh qahramon: "Men juda yolgʻizman!" deb oʻkinadi. Ushbu qahramonni ayting.