Isaakiy soborining janubiy qismida ushbu inshoot meʼmori Ogyust Monferranning uning shogirdi Foletti tomonidan ishlangan byusti joylashgan. Monferranning yuzi oq karrara marmaridan, sochi — kulrang bardillio marmaridan, mundiri — kulrang granitdan, yoqasi — slanetsdan, plashi — malina rangli kvarsitdan, orden lentasi — yashil marmardan, ordenlari esa — sariq va malina rangli toshlardan ishlangan. Byust poydevori pushti marmardan qilingan. Bularning barchasi Folettining shunchaki xohishi emas, balki yaxshi oʻylangan qadam edi. Bunday koʻp miqdordagi aynan shu materiallarning tanlanishi nima bilan izohlangan?
Ushbu barcha tosh turlari Monferran tomonidan Isaakiy soborini qurish va bezashda ishlatilgan.