Yetti donishmandning birinchisi hisoblangan bu inson yolgʻizlikda yashagan va davlat ishlaridan oʻzini chetga olgan. U tabiat haqida birinchi boʻlib mulohaza yuritgan, quyosh tutilishini bashorat qila olgan va Misr piramidalarining balandligini ularning soyasiga qarab oʻlchagan deb hisoblanadi. Sitseronning fikricha, falsafa aynan undan boshlangan. Uning ismi qaysi shahar bilan uzviy bogʻliq?