Bir kuni Betxovenning "Fidelio" operasi namoyishida uvertura ijro etilgandan soʻng parda tiqilib qoladi va oʻz vaqtida koʻtarilmaydi. Jakino va Marselina rollarini ijro etuvchilar parda ortida oʻz duetlarini kuylashdan boshqa chora topolmaydilar. Birinchi soʻzlardanoq tomoshabinlarni kulgi bosadi. Duetning birinchi soʻzlari ma'no jihatidan qanday yangragan?