Xayolan yuz yil ortga qaytamiz. Vengriyalik qishloq yigiti o‘z sevgilisi bilan "kechki" uchrashuvga yo‘l olmoqda. Ammo u bilan uchrashishdan oldin, u qabristonga kirib, yangi qabrdan bir siqim tuproq oladi, so‘ngra yashirincha qizning uyi tomiga chiqib, o‘sha tuproqni sochib yuboradi. Sizningcha, yigit tomning qaysi qismiga tuproq sochadi?