Qadimda odamlar uzuklarni turli barmoqlariga taqishgan. Bu shunchaki emas, balki ma’lum bir ma’noga ega bo‘lgan. Agar ko‘rsatkich barmoqqa taqilsa, bu inson xizmat pillapoyalaridan ko‘tarilishga yordam beradigan Yupiterning homiyligini so‘rayotganini anglatgan. Agar bosh barmoqqa bo‘lsa — urush xudosi Marsning. Xo‘sh, nomsiz barmog‘iga uzuk taqqan kishi Rim panteonidagi qaysi ma’budaning himoyasiga umid qilgan?
Muhabbat ma’budasi Veneraning homiyligiga erishilgan, shuning uchun u yerga nikoh uzugi taqiladi.