Rotterdamdagi Kosmik minora yuqori qavatlaridagi hojatxona eshiklarida ogohlantirishlar osilgan — asabi boʻsh turistlardan pastki qavatlardagi hojatxonalarga tushish soʻraladi. Nima uchun?
Agar shunchaki yuqori maydonchalardan qaralsa, minoraning tebranishi unchalik sezilmaydi. Ammo hojatxonaga kirib, u yerdagi unitaz va bakdagi suv qanday chayqalayotganini koʻrsa — hamma ham bunga dosh berolmaydi.