Yaqinda Bi-bi-si korporatsiyasi teleboshlovchilari kiyim uslubida haddan tashqari erkinlikka yoʻl qoʻygani uchun tanqidga uchradi. Norozi tomoshabinlarning taʼkidlashicha, ayrim muxbirlar "xuddi plyajdan kelgandek koʻrinadi" va shu tariqa "auditoriyaga nisbatan hurmatsizlik koʻrsatadi". Qizigʻi shundaki, Bi-bi-si tashkil topgan ilk yillarda diktorlar yangiliklarni smoking va oqshom koʻylaklarida oʻqishgan. Oldingi gapda biz beshta harfni tushirib qoldirdik. Ularni tiklang.