Amaliy psixologiyada koʻpincha "mavjud boʻlmagan hayvon" testi qoʻllaniladi. Sinaluvchi xayoliy hayvonni chizadi, uning elementlariga qarab sinaluvchining xarakter xususiyatlari haqida xulosa chiqarish mumkin. Masalan, hayvonda tishlarning mavjudligi sinaluvchida verbal agressiya borligidan, kipriklarning borligi esa yoqish istagidan dalolat beradi. Sizningcha, nimaning mavjudligi yangi maʼlumotga boʻlgan ehtiyojni bildiradi?