Bir kuni fransuz tabiatshunosi Jorj Kyuvye ustidan hazillashmoqchi boʻlishdi. Kechasi uning derazasidan shoxli bosh (shaytonni tasvirlamoqchi boʻlishgan) moʻralab: — Hozir seni yeyman! — deb baqirdi. — Yoʻq, yemaysan, — deb xotirjam javob berdi uygʻongan olim va xavfsizligining sababini ishonarli asoslab berdi. Bu sabab nima edi?