Diqqat, savolda oʻzgartirish bor. Urushdan oldingi yillarda shaxmat boʻyicha jahon chempioni unvoniga asosiy daʼvogarlardan biri grossmeyster Salo Flor hisoblangan. U Alyoxin bilan oʻyin borasida deyarli kelishib boʻlgan edi, FIDE uni rasman daʼvogar sifatida tasdiqladi, Papa esa sovrin jamgʻarmasini taʼminlash uchun pul berishga rozi boʻldi. Biroq oʻyin baribir boʻlib oʻtmadi. Biz qaysi soʻzni oʻzgartirdik?