gotquestions.online

Oʻtga chidamli kombinezon va dubulgʻa kiyib, harakatni boshlaysiz. Tana vaqti-vaqti bilan ogʻirlashadi, qattiq terlaysiz, yurak urishi tezlashadi, qon bosimi koʻtariladi. Keyinroq ahvol yomonlashadi: yurak "koʻkrakdan chiqib ketay deydi", koʻzlar qorongʻulashadi, oyoqlar boʻysunmaydi. Koʻp namlik va tuz yoʻqotish hamda kislorod yetishmasligidan miya ishlashdan bosh tortadi, oyoqlarni tomir tortishadi, harakat koordinatsiyasini butunlay yoʻqotasiz. Bunday noqulay sharoitda siz ikki soatga yaqin vaqt oʻtkazasiz. Siz oʻrindiqqa olti nuqtadan bogʻlangansiz, faqat qoʻllar, oyoqlar va koʻzlar erkin, ammo ular ham zoʻriqish tufayli baʼzan ishdan chiqadi va siz soniyaning yuzdan bir ulushida koʻr boʻlib qolasiz. Hozirgi vaqtda bunday sharoitda harakat qiladiganlar orasida dunyoda eng yaxshisi boʻlgan insonni ayting.

Manba