gotquestions.online

Bir safar Vaxtangov teatri aktyorlari Goryunov va Abrikosov oʻsha paytdagi NKVD rahbari Abakumovning huzuriga, bir kun avval sababsiz hibsga olingan aktrisa uchun iltimos qilib borishadi. Abakumov aktyorlarni juda xushmuomalalik bilan qabul qiladi, garchi iltimosni rad etgan boʻlsa-da. Xayrlashayotganda Goryunovning mashinasi bor-yoʻqligi bilan qiziqadi. "Ha! Ha! Rahmat! Bor!" — deb darhol yolgʻon gapiradi Goryunov. Tashqariga chiqqanlarida, Abrikosov Goryunovdan nima uchun mashinadan voz kechganini soʻraydi. Goryunov esa qoʻl siltab: "E, qoʻysang-chi! Yana ... berib qolmasin", — deydi. Aktyor qanday "sovgʻadan" asosli ravishda qoʻrqqanini ikki soʻz bilan ayting.

Manba