Maktab oʻquvchilari oʻrtasidagi rus tili boʻyicha xalqaro tanlovda Rossiyaning kichik bir shahri nomining etimologiyasi haqida savol berildi. Bir necha ishtirokchilar bunga sabab ushbu shahar atrofida juda katta boʻlib oʻsadigan liliyadoshlar oilasiga mansub oʻsimlik deb taxmin qilishdi. Eng original versiya esa shahar nomini unda Rossiyaning yirik kompaniyasi shtab-kvartirasi joylashganligi bilan bogʻladi. Ushbu shaharni ayting.