Aytishlaricha, Matematika instituti direktori, akademik Vinogradov ashaddiy antisemit boʻlgan. Kunlarning birida kadrlar boʻlimi boshligʻi unga yangi xodimning shaxsiy hujjatlarini olib kelibdi. — Nimadir uning basharasi menga yoqmayapti, — debdi akademik norozi boʻlib. — Nimalar deyapsiz, Ivan Matveyevich, — deb qoʻrqib ketibdi kadrlar boʻlimi xodimi. — Otasi ham, onasi ham rus, uch marta tekshirganmiz. — Unda bobosi yoki buvisi... — Yoʻq, Ivan Matveyevich! — deb turib olibdi kadrlar boʻlimi xodimi. — Baribir, — debdi akademik qaysarlik bilan, — basharasi shubhali. Oʻylanib turib qoʻshib qoʻyibdi: — Koʻrinib turibdi, yahudiy boʻlgan... Kim?