Ilk "Kumush arvoh" (Silver Ghost) avtomobillarining reklamasi oddiy va samarali usulda amalga oshirilgan. Dvigatel salt holatda yurgizilgan. Soʻngra namoyish oʻtkazayotgan kishi bir buyumni olib, u bilan maʼlum bir harakatni bajargan. Natija "Kumush arvoh" dvigatellari deyarli shovqinsiz va vibratsiyasiz ishlashini koʻrsatgan. Qizigʻi shundaki, shunga oʻxshash buyum bilan shunday harakat qilish natijasi baʼzan sodir boʻlish ehtimoli juda past boʻlgan voqeaga misol qilib keltiriladi. Ushbu buyumni bir soʻz bilan ayting.