Parijda, taʼbir joiz boʻlsa, ikki xil maqsadda qoʻllaniladigan mahsulot — "Murch va tuz" kundalik gazetasi nashr etiladi. U suv oʻtkazmaydigan qogʻozda, toksik boʻlmagan bosmaxona boʻyogʻi yordamida chop etiladi. Unda yangiliklar, krossvordlar, kinoteatrlar repertuarlari eʼlon qilinadi. Uning asosiy oʻquvchilari kimligini topsangiz, gazetaning ikkinchi qoʻllanilish sohasini osongina aytib berasiz.