Kitsimonlarni oziqlanish tamoyiliga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin. Plankton yoki bentos bilan oziqlanadigan mo'ylovli kitlar — planktofaglar va bentofaglar. Aksariyat delfinlarning asosiy ozuqasi baliq — bular ixtiofaglar. Boshoyoqli mollyuskalar bilan oziqlanadigan kashalotlar teutofaglarga (yunoncha "teutos" — kalmar) kiradi. Kosatkalar (qotil kitlar) kiradigan guruh qanday ataladi?