Ushbu uchta asar bir qahramonga bagʻishlangan. Mikelandjelo qahramoni endigina uloqtirishga tayyorlanmoqda. U kuchli, mutanosib va xotirjam. Bernini asari qahramoni ogʻirlikni zoʻriqish bilan koʻtarmoqda va qatʼiyatni, gʻalabaga boʻlgan irodani ifodalaydi. Verrokkyo qahramonining yuzi ayyor va tantanavor, qoʻlida qilich bor. Oyoqlari ostida esa... Kimning boshi?