Kunlarning birida savol muallifining sinfdoshi devordagi dunyo xaritasiga tayanib, muvozanatni yoʻqotadi va deyarli yiqilib tushadi. Shunda uning doʻsti: "[Ikki soʻz tushirib qoldirilgan] top, toki [ikki soʻz tushirib qoldirilgan] boʻlmasin", deb maslahat beradi. Tushirib qoldirilgan soʻzlar mashhur bir ibora tarkibiga kiradi, aytilgan butun jumla esa goʻyo unga ziddek tuyuladi. Ushbu ibora muallifini ayting.