Atrof-muhit ilmiy-texnika instituti shveytsariyalik olimlari ushbu maqsad uchun plastik idishlardan foydalanishni taklif qilishdi. Jarayon oddiy: suv bir tomoni qora rangga boʻyalgan idishlarga quyiladi. Soʻngra idishlar besh soat davomida boʻyalgan tomoni bilan yerga qoʻyiladi. Bu usuldan Boliviya, Burkina-Faso, Xitoy, Kolumbiya, Indoneziya, Tailand va Togoda muvaffaqiyatli foydalanilgan. Bu usul bilan nimaga erishiladi?