Rojer Bekon porox tayyorlash sirini quyidagicha shifrlagan: "Selitra, ROSHKA U POGOL GONO va oltingugurt ol." Bir asr oʻtgach, ushbu qoʻlyozmani koʻchiruvchilardan biri umidsizlik bilan hoshiyaga shunday deb yozgan: "Buni topgan odamda shunday kalit boʻladiki, u bilan ochsang, hech kim yashirolmaydi. Agar yopsang, hech kim ocholmaydi." Ishonamizki, haqiqiy bilimdonlar ROSHKA U POGOL GONO iborasini bir daqiqada shifrdan chiqarishadi.