Sovet atom bombasi birinchi sinovidan oldin ushbu loyihaga rahbarlik qilgan L. Beriya sinovga tayyorgarlikda bevosita ishtirok etgan odamlar ko'rsatilgan ikkita ro'yxat tuzishni buyurdi. Muvaffaqiyat qozonilgan taqdirda, birinchi ro'yxatdagilar Sotsialistik Mehnat Qahramoni, ikkinchi ro'yxatdagilar esa Lenin ordeni kavaleri bo'lishlari kerak edi. Shu bilan birga, Beriya muvaffaqiyatsizlikka uchralgan taqdirda ham bu ro'yxatlar ishga solinishidan ogohlantirdi. Xo'sh, bunday holatda har bir ro'yxatga kiritilgan shaxslarni nima kutayotgan edi?
Birinchi ro'yxatdagilarni — oliy jazo (otuv), ikkinchi ro'yxatdagilarni — 25 yillik lager.