Maʼlum boʻlishicha, qoʻlyozma kitoblarda xatboshi hozirgidek qisqa emas, aksincha, boshqa satrlardan uzunroq boʻlgan, chunki bosh harf katta va naqshinkor qilib chizilgani sababli u shunchaki hoshiyaga chiqib ketgan. Ammo kitoblar bosila boshlagach, xatboshi toʻsatdan qisqarib qoldi. Nima uchun u boshqalar bilan teng emas, balki qisqa boʻlib qolgan?
Dastlab matn xatboshining bosh harflarisiz chop etilgan va qoʻshimcha haq evaziga uni chizdirmoqchi boʻlganlar uchun joy qoldirilgan. Ammo kitoblarni asosan talabalar sotib olgani sababli, bu joylar toʻldirilmay qolib ketgan.