Koʻp ming yillar davomida xitoylik seleksionerlar oltin baliqlarning juda koʻp zotlarini yetishtirishdi. Yevropaliklar, hatto koʻplab oddiy xitoyliklar ham baʼzan u yoki bu turning tana shakli va suzgichlaridagi gʻalati estetik gʻoyani tushunishmaydi. Yaqinda esa shunday zot paydo boʻldiki, uning vakillariga qarab har qanday xitoylik ularda qanday gʻoya mujassamligini ayta oladi, hatto baʼzi yevropaliklar ham buni tushunishlari mumkin. Baliqlar buni qanday ifodalaydi?
Bu gʻoya ularning ustiga yozilgan — yon tomonlaridagi dogʻlar aniq maʼnoga ega iyerogliflarni eslatadi.