Mashhur balerina Mayya Plisetskayaning "sahna" debyuti xoreografiya bilim yurtining birinchi sinfida boʻlib oʻtgan. Yosh xoreograf Leonid Yakobson uni oʻzining "Qurolsizlanish boʻyicha konferensiya" nomeri uchun tanlab oladi. Xoreografning gʻoyasiga koʻra, Mayya sahnada uchli somon shlyapada paydo boʻlar, qoʻrquvni ifodalab, koʻzlarini olatiz qilib atrofga qarar va stul tagiga yashirinardi. Plisetskaya kimning rolini ijro etganini ayting.