GDR razvedkasida "romeo" deb ataluvchi shaxslarni tayyorlaydigan bo‘lim bor degan ishonch mavjud edi. Turli davlat muassasalari, yirik firmalar va hokazolarda ishlaydigan FRG fuqarosi bo‘lgan ayollar bilan ishqiy munosabatga kirishib, ular orqali ma’lumot to‘playdigan ayg‘oqchilarni shunday atashgan. GDR razvedkasi rahbari Markus Volfning ta’kidlashicha, bu xuddi boshqa bir maxfiy xizmatda anjomlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan bo‘lim borligi haqidagi uydirma bilan bir xil... Kim uchun?