Bir safar mashhur bir italiyalik Nyu-York shtati bo‘ylab sayohat qiladi. Uning mashinasi buzilib qoladi va u yaqin atrofdagi uyga kiradi. Mehmonning familiyasini eshitgan uy egasi juda xursand bo‘lib, uylariga shunday mashhur mehmon kelishini kutmaganini aytadi, lekin uni tanishtirayotganda boshqa odamning familiyasini aytadi. Agar gap nimadaligini tushungan bo‘lsangiz, mehmonning familiyasini qiynalmay aytasiz.