Mashhur Sikstin kapellasi o‘zining arxitekturasi, Mikelanjelo devoriy rasmlari va tarixi bilan hammaga ma’lum. Ammo undagi hamma geometrik nisbatlar ham san’at yoki go‘zallik nuqtayi nazaridan belgilanmagan. Masalan, uning poydevori o‘lchamlari oldindan va mutlaqo aniq belgilangan edi. Ular nima bilan belgilangan?
O‘lchamlar Quddusdagi Sulaymon ibodatxonasi poydevori o‘lchamlariga teng qilib belgilangan.